Yozilish

Tafakkurli tikuvchilar

Tikishga bo‘lgan muhabbatingizni brendga aylantiring

Har bir tikuvchi — dizayner. Konstruksiyadan o‘z kolleksiyangizgacha: onlayn Elite Club yoki akademiyada oflayn kurs.

2 yo‘lonlayn va oflayn
Italyanchakonstruksiya metodi
Bobur 44Toshkentdagi akademiya
Siluet Academy atelyesi
IT

Italyancha metodHar qanday qomatga mos konstruksiya

Kurslar

O‘zingizga mos formatni tanlang

Ikki yo‘l — bitta maqsad: modelni ko‘rib, uni andozaga va tayyor kiyimga aylantira olish.

Elite Club
Onlayn · 2027

Elite Club

6 oylik professional yo‘l: dizayn, konstruksiya, tikuv texnologiyasi, kontent va shaxsiy brend.

Davomiyligi6 oy
FormatOnlayn
Narxi2 500 000 so‘m
Modelyer-konstruktor
Oflayn · Toshkent

Modelyer-konstruktor

Italyancha metod bilan modelni ko‘rib, uni andozaga va tayyor kiyimga aylantirishni akademiyada ustoz bilan o‘rganasiz.

Davomiyligianiqlanadi
FormatOflayn + video
Narximenejer aytadi
Elite ClubModelyer-konstruktor
QayerdaUyda, istalgan shahardanAkademiyada, Toshkent
Kimga mosO‘z vaqtini o‘zi rejalashtiradiganlargaUstoz bilan jonli o‘rganishni xohlaganlarga
Asosiy yo‘nalishDizayn, konstruksiya, tikish + Instagram va brendKonstruksiya va andoza: modeldan tayyor kiyimgacha
BonuslarTikish texnologiyasi darsliklari, Lux obrabotkalarTikish texnologiyasi va Bezak darsliklari

1 daqiqalik test

Qaysi kurs sizga mos?

4 ta savolga javob bering — mos kursni ko‘rsatamiz. Javoblaringiz menejerga ham boradi, u tayyor holda qo‘ng‘iroq qiladi.

1 / 4Tikuvchilikda tajribangiz qanday?
Konstruksiyani maketda tekshirish

Metod

G‘oyadan tayyor kiyimgacha — tizimli jarayon

Tayyor andoza izlash o‘rniga, har bir modelni o‘zingiz qurasiz — mijozning qomatiga moslab.

  1. G‘oya

    Ilhom manbai yoki mavjud model asosida g‘oya aniqlanadi.

  2. Model

    Modelning barcha detallari tahlil qilinadi.

  3. Konstruksiya

    Italyancha metod asosida o‘lchovlarga mos konstruksiya tuziladi.

  4. Andoza

    Konstruksiya asosida andoza quriladi va maketda tekshiriladi.

  5. Tayyor kiyim

    To‘g‘ri andoza asosida mukammal o‘tiradigan kiyim tikiladi.

Noila Usmanova

Asoschi

«Har bir tikuvchi — dizayner. Biz buni Elite Clubda isbotlaymiz.»

Noila UsmanovaSiluet Academy asoschisi
Meros CoutureSarpoSiluet BasicSiluet Academy

Ustozlar

Qo‘lingizdan tutib maqsad sari olib boradi

Barcha ustozlar →
Nigoraxon Ismailova

Nigoraxon Ismailova

Kurator va ustoz

Muhabbatxon Yulchieva

Muhabbatxon Yulchieva

Ansambl, chopon, oqshom libosi

Durdona Muxamedova

Durdona Muxamedova

Konstruktor-texnolog

Azima Rahmatullayeva

Azima Rahmatullayeva

Murakkab fasonlar

Nigoraxon Nuriddinova

Nigoraxon Nuriddinova

To‘qish

O‘quvchilar ishlari

Bilim — natijada

Qanday boshlanadi

4 qadam — va siz o‘qiyapsiz

  1. Ariza qoldirasiz

    Ism va telefon — bir daqiqa.

  2. Menejer qo‘ng‘iroq qiladi

    Savollarga javob beradi, mos kursni tanlashga yordam beradi.

  3. Joyni band qilasiz

    To‘lov menejer orqali qabul qilinadi.

  4. O‘qishni boshlaysiz

    Platformaga kirish yoki akademiyadagi birinchi dars.

Savollar

Ko‘p beriladigan savollar

Qaysi kursni tanlay?
Uyda, o‘z vaqtingizda o‘qimoqchi bo‘lsangiz — Elite Club (onlayn, 6 oy). Toshkentda akademiyaga kelib, ustoz bilan jonli o‘rganmoqchi bo‘lsangiz — Modelyer-konstruktor (oflayn). Ikkilansangiz, yuqoridagi testdan o‘ting yoki formada «Maslahat kerak»ni tanlang.
Tikuvchilikdan umuman xabarim yo‘q, o‘rgana olamanmi?
Ha. Ikkala kurs ham asoslardan boshlanadi: o‘lchov olish, asos andoza, keyin modellashtirish va tikish.
Italyancha metod nima?
Konstruksiya qurishning tizimli usuli: o‘lchovdan boshlab andoza har qanday qomatga — asimmetriya, egri bel, nostandart proporsiyaga moslashtiriladi.
Sertifikat beriladimi?
Ha. Kursni tamomlab, yakuniy ishlarni topshirgan o‘quvchilarga sertifikat beriladi.
Menga nimalar kerak bo‘ladi?
Internetga ulangan telefon yoki kompyuter, tikuv mashinasi va matolar. Yozilgandan keyin to‘liq ro‘yxat beriladi.
Qanday to‘layman?
Hozircha to‘lov menejer orqali qabul qilinadi. Tez orada saytda onlayn to‘lov ham bo‘ladi.

Kursga yozilish

Raqamingizni qoldiring — menejer qo‘ng‘iroq qilib, savollaringizga javob beradi.

Yuborish orqali ommaviy oferta shartlariga rozilik bildirasiz.